Ulug‘bek Rozuqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ga kompaniyadagi axborot manbasi.
Bunga qadar bosh direktorning birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Toshkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ishlagan Baxtiyor Hakimov uning o‘rniga tayinlandi.
Ulug‘bek Rozuqulov (1969 yilda tug‘ilgan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari nomzodi) MAKka o‘tgan yilning avgustida rahbarlikka tayinlangan edi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Avval O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha departamenti direktori bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi