
Tojikistonda 39 yoshli ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qarindoshlarini zaharladi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayol nonga kimyoviy modda qo‘shish orqali erining qarindoshlarini kamida 4 marta zaharlashga uringan. Natijada esa 2 kishi vafot etgan, 38 kishi kuchli zaharlangan.
Xamirga zahar solish orqali qarindoshlardan “halos” bo‘lishni istagan ayol uyga egalik qilish uchun ana shunday qabih ishga qo‘l urganligi ayon bo‘ldi. Maxpora Hikmatova jinoyat va qotillikka qo‘l urishda ayblanib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ayolning otasi qo‘yilgan barcha ayblovlar tuhmat ekanligini ta’kidladi. Maxpora Hikmatovaning 2 farzandi ota-onasi qaramog‘ida bo‘lsa, yana 2 nafari bolalar uyida qolgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar