8 744
Ostonaliklar minus 40 daraja sovuqda muzlab qolgan mushuk va itlar ustidan kulmoqda (video)
Ostona ko‘chalarida bir necha kundan beri minus 40 darajagacha bo‘lgan qattiq sovuq hukmron – odamlar sovuq urishidan aziyat chekmoqda, hayvonlar esa butunlay muzlab qolmoqda, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Nashrning qayd etishicha, ayrim «vaynerlar» (ijtimoiy tarmoqlarga video joylab mashhur bo‘lishni istovchilar), «Instagram»ga rolik joylash uchun jirkanch ishlardan ham toymayapti – ular muzlab qolgan mushuk va itlarni «qiziqarli» videoga olishmoqda.
O‘lik hayvonlar ustidan kulayotgan «blogerlar» ularni shunchaki videoga olishmagan – ular yotgan holda muzlab qolgan jonivorlarni qordan tozalab, ularni qorga tik holda o‘rnatib, xuddi «yo‘lida» muzlab qolgandek tasvirlashmoqda.
Bu aksariyat qozog‘istonliklarni g‘azabini keltirdi:
«Bu juda pastkashlik va vahshiylik. Nimaning ortidan mashhurlik orttiryapsizlar? Pana joy topolmay qattiq ayozda ko‘chada muzlab qolgan bechora jonivorlar o‘limi hisobigami?», munosabat bildirilgan ulardan biri.
«Ayrim yaramaslar o‘lim ustidan kulishmoqda. Yaratgan barchasini ko‘rib turibdi – ertaga o‘zlaringga qaytadi», degan hayvonlar himoyachisi.
Qozog‘istonda izg‘irinlar bundan ham kuchayishi aytilmoqda. Ostonada bir necha yillar beri ilk marotaba maktablar yopilgan.
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi 26 yanvardan mamlakatimizga ham shimoldan sovuq havo oqimi kirib kelishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi