
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga bolaligida noqonuniy ravishda kelgan 1,8 mln migrant Amerika fuqaroligini olishi mumkin bo‘lgan strategiyani imzolashga tayyor, deb yozmoqda Kun nashri.
Kutilishicha, AQSh senati rejani qabul qilishni fevral boshida muhokama etadi. Hujjatga ko‘ra, kongress Meksika bilan chegarada devor qurish uchun «maqsadli jamg‘arma»ga 25 mlrd dollar ajratadi.
Shuningdek ta’kidlanishicha, yangi rejaga ko‘ra, muhojirlar oilasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash cheklanadi, bundan tashqari, ba’zi davlatlar uchun viza lotereyasi to‘xtatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar