17:00 / 26.01.2018
7 018

Dog’istonda 6 kilogramm vaznga ega chaqaloq tug’ildi

Доғистонда 6 килограмм вазнга эга чақалоқ туғилди
Dog’istonda 6 kilogramm va 300 gramm vaznga ega qizaloq dunyoga keldi. Qizaloq oiladagi beshinchi farzand bo’lib, uning onasi ayni paytda 42 yoshda.

Xabarda aytilishicha, qizaloqqa qanday ism berilgani hozircha aniq emas. Chaqaloqning oila a’zolari esa jurnalistlar bilan muloqot qilishdan bosh tortishyapti.

Eslatib o’tamiz, bir necha oy avval Rossiyaning Novosibirsk shahrida ham salkam 6 kilogramm vazn va 60 sm bo’y ko’rsatkichlari bilan o’g’il farzand dunyoga kelgan edi. O’tgan yilning yoz faslida esa Qog’ozistonning Taraz shahrida 6 kilogramm va 200 gramm vazn hamda 67 sm bo’y ko’rsatkichi bilan qizaloq tavallud topgani haqida xabar berilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog’istonda 6 kilogramm vaznga ega chaqaloq tug’ildi