12:30 / 27.01.2018
5 924

Qozog‘istonda to‘xtab qolgan avtobusdan qutqarilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytdi (Foto)

Qozog‘istonda to‘xtab qolgan avtobusdan qutqarilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytdi (Foto)
2018 yil 21 yanvar kuni taxminan soat 23:10 larda O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘bek Boltaboyev FVV Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtabi bilan aloqaga chiqib, joriy yilning 21 yanvar kuni taxminan soat 22:50da Petropavlovsk shahridan O‘zbekiston Respublikasiga «Setra» rusumli avtobusda 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelayotgan vaqtda, Ostona shahriga 54 km qolganda havo harorati sovuqligi sababli, dizel yoqilg‘isi muzlashi natijasida, yo‘l chetida harakatlanmay turib qolganini xabar bergan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi ma’lum qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi FVV FVBM tezkor navbatchisi zudlik bilan mazkur fuqaro bilan aloqaga chiqib, undan vaziyatga aniqlik kiritilgandan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi FVQ FVBMga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ma’lumot taqdim etildi va so‘ngra hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida, Qozog‘iston Respublikasi FVQ va mahalliy ijro organlari xodimlari tomonidan mazkur avtobus yo‘lovchilari Sho‘rtandi tumani A-1 «Ostona-Borovoy» trassasi yaqinida joylashgan 5-sonli Agrotexnika kollejining yotoqxonasida tashkil etilgan isinish maskaniga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Isinish maskanida O‘zbekiston fuqarolariga issiq joylar, uch mahal issiq ovqat va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga tezkor qaytarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi FVV va Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ tomonidan fuqarolarga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ poyezdining platskart vagonlari bepul asosda taklif etildi.

Qayd etilishicha, yomon ob-havo va sovuqqa qarshi ogohlantirishga qaramasdan, yo‘lovchilar ruxsatsiz avtobusda yo‘lga chiqqan, faqatgina 5 nafar yo‘lovchigina Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ xodimlari tomonidan Ostona shahri vokzaliga yetkazilib, poyezdda Toshkent shahriga yetib keldilar.

Joriy yilning 2018 yil 25 yanvar kuni soat 22:00da mazkur fuqarolar Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidagi «G‘isht ko‘prik», «Zangiota» va «Toshkent» chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali respublika hududiga sog‘-omon kirib kelishdi.


O‘zbekiston Respublikasi FVV Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ Oqmo‘la viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti, akimati, Shortandi tumanidagi 5-sonli Agrotexnika kolleji rahbarlari va xodimlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda to‘xtab qolgan avtobusdan qutqarilgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytdi (Foto)