
Ayni paytda uchinchi farzandiga homilador bo’lgan Kembridj gertsoginyasi Keyt Middlton Roe Green Junior School London maktabiga bolalarning ruhiy salomatligiga bag’ishlangan loyihani qo’llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdi.
Keyt Middlton o’z tashrifi chog’ida o’quvchilar va muallimlar bilan muloqot qildi, shuningdek bolalarning ruhiy salomatligi mavzusiga bag’ishlangan ochiq darsga ham ishtirok etdi.
Xabarda aytilishicha, barcha murakkabliklardan qat’iy nazar ona bo’lishdan baxtli ekanligini aytgan.
“Ona bo’lish – juda go’zal. Bu haqiqatan ham shunga arziydi. Ammo ba’zan hatto menga ham qiyin va shu bilan birga mening uyimda ko’pchilik yosh onalarda bo’lmagan qo’llab-quvvatlashlar bor” dedi u.
Ketrin onalik ayolni bir kechada boshqa insonga aylantirib qo’yishi haqida ham aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar