
Ekvador va Kolumbiya chegarasi yaqinida joylashgan politsiya uchastkasi yonidagi minalashtirilgan avtomashinaning portlashi natijasida 28 nafar inson jabr ko’rdi.
Xabarda aytilishicha, hodisa Esmeralda provinsiyasida sodir bo’lgan. Shuningdek ushbu portlash jinoiy guruhlar tomonidan giyohvand moddalarni chegaraga yaqin tumanlarda noqonuniy “aylantirish” bilan kurashuvchi politsiyachilardan qasos olish niyatida amalga oshirilgan bo’lishi mumkinligi aytilmoqda.
Ekvador prezidenti Lenin Moreno hodisa yuzasidan Twitterdagi sahifasida favqulotda holat e’lon qilingani haqida aytib o’tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar