17:20 / 29.01.2018
6 225

Trampning rafiqasi erining xiyonatiga qanday munosabatda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Trampning rafiqasi erining xiyonatiga qanday munosabatda ekanligi ma’lum bo‘ldi
AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp oilasi, erining xiyonati haqidagi mish-mishlarga e’tibor qaratmasligini birinchi xonimning vakilasi hisoblanuvchi Stefani Grishem o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

“U oilasi va birinchi xonimlik vazifasi bilan band. Har kuni yangiliklarda ma’lum qilinadigan yolg‘on xabarlarga umuman e’tibor qaratmaydi”, deb yozdi Stefani Grishem.

Yanvar oyining o‘rtalarida The Wall Street Journal (WSJ) nashri Oq uy rahbari Donald Tramp aktrisa Stefani Klifford bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligini, aktrisa bu haqda og‘zidan gullab qo‘ymasligi uchun unga 130 ming dollar to‘laganligi haqidagi xabarni chop etgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning rafiqasi erining xiyonatiga qanday munosabatda ekanligi ma’lum bo‘ldi