Kanadalik Saymon Lapriz oppoq qor yog‘ib turgan kunda undan oddiy qorbobo emas, ajoyib san’at asarini yaratishga qaror qildi va avtomashina ko‘rinishidagi shaklni barpo qilishga kirishdi. Saymonning “ijod namunasi” shunchalar haqqoniy chiqdiki, ko‘rgan odam uni qordan yasalgan shakl emas, balki ustini qor qoplab olgan haqiqiy mashina deb taxmin qilardi.
“Mashina” to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyda turgani uchun bir zumda politsiya xodimlarining e’tiborini tortdi va ular “mashina”ga jarima yozish uchun yetib keldilar. Ammo zum o‘tmay, buning hazil ekanligini anglab, “mashina” muallifiga kayfiyatni ko‘targani haqidagi maktub ham yozib ketishdi.
Ammo ming afsuski, qor mashina o‘z joyida uzoq qolmadi, oradan bir oz muddat o‘tgach, uni qor tozalovchi mashina sidirib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar