12:44 / 31.01.2018
5 062

Qozog‘istonda uzun soqol va niqob ta’qiqlanishi mumkin


Qozog‘istonda uzun soqol va niqob ta’qiqlanishi mumkin
Fuqarolar diniy erkinligi avvalgidek saqlanib qoladi, coqol qo‘yib yurish, hijobda yurish mumkin bo‘ladi, deb yozdi Sputniknews-uz.com nashri.

Qozog‘istonda soqollar ko‘rinishini va yuzni yopib turuvchi niqoblar turini belgilovchi yangi qonun qabul qilinishi mumkin. Bu haqida Qozog‘iston Diniy ishlar vaziri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, faqat ayrim turdagi, aynan buzg‘unchi diniy oqimlarga xos soqol turlari taqiqlanadi. Yangi qonunda soqollarning umumiy ko‘rinishi ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Shu bilan birga soqol egasining xulq atvori va nimalar haqida gapirayotganiga ham e’tibor beriladi, dedi Qozog‘iston Diniy ishlar vaziri Nurlan Yermekbayev.

Yangi qonunda shuningdek yuzni to‘sib turuvchi har qanday niqoblar ham taqiqlanishi mumkin. Bular niqob, paranji, ro‘mol, balaklava va boshqa insonning aynan yuz qismini to‘sib turuvchi narsalardir.

Vazirning ta’kidlashicha, fuqarolar erkinligini hech kim cheklamoqchi emas. Qozog‘istonda diniy erkinlik avvalgidek saqlanib qoladi. Soqol qo‘yish, hijobda yurish mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda uzun soqol va niqob ta’qiqlanishi mumkin