
Shu kunlarda internet tarmog’ida limalik bank xodimlaridan biri tomonidan suratga olingan video lavha paydo bo’ldi. Kadrlarda xodimning suhbatlashib turgan hamkasblaridan birining ortida qizaloqlarni eslatuvchi gavda turgani ko’rinadi.
Ushbu videodagi gavda Peruda keng tarqalgan va ko’z yosh to’kkancha dunyo bo’ylab abadiy kezib yurishga mahkum bo’lgan La Yorona ismli qizaloq haqidagi afsona qahramoniga ham qiyoslanmoqda.
Xabarda aytilishicha, bank xodimlari qizaloq gavdasini ko’rgach, juda qo’rqib ketishgan, sababi binoda ulardan boshqa hech kim yo’q edi.
Xodimlardan biri qizaloqni kuzatishni taklif qiladi, ammo burchak tomon borganda u yerda hech narsa yo’qligini payqaydi.
Bundan tashqari, bankning kuzatuv kameralari eshikning o’z-o’zidan ochilganini ham videoga olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar