
O’tgan yili Londonning shimoli-sharqiy qismida musulmonlarga qarshi terakt uyushtirganlikda ayblangan britaniyalik Darren Osborn oppozitsion leyboristlar partiyasi yetakchisi Jeremi Korbin va uning partiyadoshi, London meri Sodiq Xonni ham o’ldirish istagida bo’lgani ma’lum qildi.
Vulidj qirollik sudi majlisida bo’lgan 48 yoshli Osborn Korbinning o’limi bilan Britaniya ko’chalarida “yana bitta terrorchi kamayishi”, Xonni yo’qotish esa “lotoreyada yutish” bo’lishi haqida aytgan.
Shuningdek, Osborn musulmonlarga qarshi uyushtirilgan terakt aybini o’z bo’yniga olishdan bosh tortgan va aybni allaqanday Deyvga to’nkagan.
Eslatib o’tamiz, londonning Finsberi-park tumanidagi terakt 2017 yilning 19 iyun kuni sodir etilgan va Osborn boshqarayotgan Miniven musulmonlar masjididagi odamlar guruhi ustiga bostirib borgandi. Natijada 10 kishi jarohat qolgan, 51 yoshli Makram Ali esa olamdan ko’z yumgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar