
Jonatan Daval ismli fransuz rafiqasi Aleksiyani o’z qo’llari bilan o’ldirib, uni yugurish payti yo’qolib qoldi deya e’lon qildi.
Xabar berilishicha, avvaliga Gre-la-Vil shahrida yashagan 29 yoshli Aleksiya Daval yugurish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagani haqida ma’lum qilingan edi. Keyinroq uning jasadi o’rmon ichidan topilgan.
Erkakning advokatlari u rafiqasini janjal payti tasodifan bo’g’ib o’ldirganini tan olgani haqida aytishgan.
Hodisa yuzasidan 500 ga yaqin politsiyachi ish olib borgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar