
Rossiyaning Kemerovo tumanida yashovchi 39 yoshli ona giyohvand moddalar qabul qilgan paytida 1,5 yoshli qizini pichoq bilan bir nechta zarba berish oqibatini o’ldirib qo’ydi.
Qo’lga olingan ayol hodisadan bir necha soat o’tgach so’roq qilingan. Aniqlanishicha, u giyohvand moddalar qabul qilgan va bu paytda xonadagi bolani xavfli qo’g’irchoq deb o’ylagan.
Qizaloq jasadi oila yashagan uydan topildi, deyiladi xabarda.
Ayolning giyohvand modda ta’siri ostida bo’lgani tibbiy tekshiruvdan so’ng tasdiqlandi. Ayni paytda unga “Yosh bolani o’ldirish” aybi bilan jinoiy ish qo’zg’atilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar