
Buyuk Britaniya premyer ministri Tereza Mey Xitoy mamlakatiga 3 kunlik rasmiy tashrif doirasida keldi. Bu haqida Xitoy markaziy televideniesi ma’lumot bergan.
Mey samolyotining Uxan shahriga kelib qo’nishi va ikki mamlakat o’rtasida ta’lim sohasiga oid bir nechta yirik kelishuvlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shunday so’ng Mey Pekin shahriga yo’l oladi va Xitoy Davlat Kengashi premyer ministri Li Ketsyan bilan uchrashadi.
Xabarda aytilishicha, Tereza Mey bilan birgalikda Xitoyga tadbirkorlar, savdo assotsiatsiyalari va univeristetlar vakillaridan iborat delegatsiya ham tashrif buyuradi. Xitoy va Buyuk Britaniya premyer ministrlari ishtirokida ikki mamlakatlar kompaniyalari orasida ham kelishuvlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar