16:11 / 31.01.2018
5 061

Sobiq Bosh vazirga tahdid qilishdi?

Sobiq Bosh vazirga tahdid qilishdi?
Kecha, 30 yanvar kuni Belgiya sobiq Bosh vaziri Elio Di Rupo nomiga shubhali kukun bo‘lgan konvert kelgan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Ruponing kotibi kovertni ochgach, kukunni ko‘rgan va darhol bu haqda xabar bergan. Xodimlarning barchasi evakuatsiya qilingan, pochta bilan aloqada bo‘lganlar esa “sibir kuydirgisi”ga tekshirish uchun alohida nazorat ostiga olingan.

Belgiyaning sobiq Bosh vaziri va amaldagi Mons shahri hokimi nomiga kelgan konvertdagi kukun tahlil qilinganda oddiy shakar kukini bo‘lib chiqdi. Tahlil natijalaridan keyin kuydirgiga tekshiruvda bo‘lgan xodimlarga javob berilgan.

Konvert kelgan vaqtda shahar hokimi xorij safarida bo‘lgan. Xatning jo‘natilgan manzili noma’lum. Tergov ishlari boshlangan.

Avval ham bunday holat kuzatilgan, jumladan, 18 yanvar kuni Belgiya bosh kotibi Teo Franken nomiga kelgan konvertda ham shubhali kukun va o‘q dori bo‘lgan. Keyinchalik tekshiruv kukunni zararsiz ekanini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq Bosh vazirga tahdid qilishdi?