
Bugun, 5 fevral kuni ertalab Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Kunmin-Chuchjou shossesida ommaviy yo‘l-transoprt hodisasi ro‘y berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 53 ta avtomobil to‘qnashib ketgan.
Tuman ma’muriyati voqeaga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lganini aytmoqda. Bu yerda dushanbaga o‘tar kechasi yomg‘ir aralash qor yoqqan, harorat ham 0 darajadan tushib ketgan. Shu sabab avtomobil yo‘li muzlab, sirpanchiq hosil bo‘lgan.
Voqea joyiga tez yordam, politsiya, favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari yetib kelgan.
53 ta avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi qurbon bo‘lgan, shuningdek, 3 kishi turli darajada jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilgani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar