Shri-Lankada sayyohlar kiyikni tutib, uni yutib yuborgan 4 metrlik bo‘g‘ma ilonni videoga olishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Rolik yanvar oxirida mamlakatning janubidagi Bundala milliy bog‘ida suratga olingan. Uzunligi 4,3 metr keladigan ilon kiyikni naq bir soat davomida “tanovul qilgan”.
Bog‘ xodimining aytishicha, ilonning odamlar ko‘z o‘ngida o‘ljasini yutishi noodatiy hol hisoblanadi, chunki ular odamlar nigohini sezgach, o‘ljani tashlab “jo‘nab” qolishadi. Xodimning ta’kidlashicha, ulkan ilon endi bir necha oy “qornini to‘yg‘azish”ni o‘ylamasa ham bo‘ladi.
Bundala milliy bog‘i xalqaro ahamiyatdagi tabiat ob’ekti hisoblanadi. Qo‘riqxonada 324 turdagi umurtqali jonzot, jumladan 32 turdagi baliq, 15 turdagi amfibiya, 48 turdagi sudralib yuruvchi, 197 turdagi qush va 32 turdagi sut emizuvchi qayd qilingan. Bundan tashqari, bog‘da 52 turdagi kapalak va boshqa ko‘plab turdagi umurtqasizlar yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar