Ahmad Qodirov nomli mintaqaviy jamoat fondi Bangladeshdagi myanmalik qochqinlar lagerida yetim bolalarga mo‘ljallangan maktab ochdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.
Ramzan Qodirovga ko‘ra, maktab Bangladesh va Myanma hududi chegarasidagi eng katta qochqinlar lageri yonida ochilgan.
Maktabga Ramzan Qodirovning otasi Rossiya qahramoni Ahmad xoji Qodirov nomi berilgan.
Maktabga o‘qish uchun mingga yaqin o‘g‘il-qiz kelgan va o‘quv jarayoni boshlab yuborilgan.
Shuningdek, Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, maktab o‘qtuvchilariga maosh tayinlangan. Kutubxona uchun kitoblar xarid qilingan hamda bolalar uchun darsliklar, kiyimlar va kuniga ikki marta issiq ovqat berilishi belgilangan.
Fond qochqinlar lageri oldida suv yetishmasligi muammosini ham hal qilgan va 20 ta quduq qazdirib odamlar uchun ichimlik suvini ta’minlab bergan.
Hozirda Fond myanmalik musulmon qochqinlari lageri yonida ijtimoiy loyihalarini davom ettirmoqda. Xususan, bu yerda qochqinlarga xizmat ko‘rsatuvchi poliklinika tashkil qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bangladesh va Myanma hukumatining kelishuvi asosida qochqinlarni ikki yil ichida o‘z joylariga qaytarish to‘g‘risida bitim imzolanganini xabar qilgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar