06:30 / 08.02.2018
4 428

560 million dollar yutgan ayol yutuqdan voz kechdi

560 million dollar yutgan ayol yutuqdan voz kechdi
Amerikaning Powerball lotereyasi g‘olibasi bo‘lib, 560 million dollar yutuqqa ega bo‘lgan ayol pulni olish uchun o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni berishni istamadi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Ayol yutuqni anonim tarzda olish uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirdi. U sud hujjatlarida o‘zini Jeyn Dou (Jane Doe) deb tanishtirgan. Ayol bunday yutuqqa ega bo‘lganligini firibgarlar va o‘g‘rilar bilib qolishidan xavfsiramoqda.

U do‘konga va boshqa tadbirlarga bemalol borish uchun katta yutuqqa ega bo‘lganini hech kim bilishini istamadi.

Biroq Nyu-Gempsher qonunlariga binoan kimning g‘olib bo‘lgani omma oldida oshkor etilishi lozim. Ayol ayni vaqtda yutuqli chiptaga imzo chekkan, ammo uning boshqa ism-sharifda imzo chekkani yutuqni yo‘qqa chiqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 560 million dollar yutgan ayol yutuqdan voz kechdi