«Forbes» nashri birinchi bor «Kriptovalyuta olamining eng boy insonlari» ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozmoqda «Xabar» nashri.
Ularning boyliklarini baholashda bir qancha ko‘rsatkichlar e’tiborga olingan: «naqd» kriptovalyutalar hajmi (bir qnacha dalillar bilan isbotlangan), kriptovalyutalar savdosi orqali to‘langan soliqlar, kriptovalyuta savdosi yoki kriptobiznesdagi ulushlar.
Reytingdan o‘rin egallash uchun kamida 350 million dollarga ega bo‘lish lozim. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 42 ga teng. «Forbes 400» an’anaviy ro‘yxatidagi boylarning yoshi esa o‘rtacha 67 ni tashkil etadi.
Kris Larsen, 57 yosh.
Boyligi — $7,5-$8 mlrd.
«Ripple» kompaniyasining sobiq raisi, blokcheyndan foydalangan holda xalqaro bank tranzaksiyalari o‘tkazmasi bilan shug‘ullanadi. Uning ixtiyorida «Ripple» tokeni tomonidan chiqarilgan 5,2 milliad dollar qiymatidagi XRP mavjud.
Djozef Lyubin, 53 yosh.
Boyligi — $1-$5 mlrd.
«Ethereum» blokcheyn-platfotmasining asoschilaridan biri.
Chanpeng Zao, 41 yosh.
Boyligi — $1,1-$2 mlrd.
Dunyodagi eng yirik kripto ayirboshlash shoxobchalaridan biri — «Binance» asoschisi.
Aka-uka Uinklvosslar, 36 yosh.
Boyligi — $900-$1,1 mlrd.
Aka-ukalar 2013 yilda, bitkoin narxi 120 dollar atrofida bo‘lganida unga 11 million dollar tikkan. O‘shandan buyon ular o‘z aktivlarini saqlab kelmoqda.
Mettyu Mellon, 54 yosh.
Boyligi — $0,9-$1 mlrd.
XRP asoschilaridan biri.
Brayan Armstrong, 35 yosh.
Boyligi — $0,9-$1 mlrd.
AQShdagi eng mashhur savdo maydoni — «Coinbase» kriptovalyuta birjasining asoschisi.
Mettyu Roszak, 45 yosh.
Boyligi — $0,9-$1 mlrd.
«Bitcoin»ning sobiq investori.
Entoni Di Lorio, 43 yosh.
Boyligi — $0,75-$1 mlrd.
«Ethereum» blokcheyn-platformasi sarmoyadori.
Brok Pirs, 37 yosh.
Boyligi — $0,7-$1 mlrd.
Bir qator kriptokompaniyalar, jumladan, «Mastercoin», «Coinbase» va «Ethereum» asoschisi.
Mixael Novograts, 53 yosh.
Boyligi — $0,7-$1 mlrd.
2013 yildan buyon kriptovalyutalarga sarmoya kiritib keladi.
Vitalik Buterin, 24 yosh.
Boyligi — $400-$500 mln.
«Ethereum» blokcheyn-platformasi asoschisi. Hozirda «Microsoft», BP va «JPMorgan» kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi.
Song Chi-Xung, 38 yosh.
Boyligi — $350-$500 mln.
Janubiy Koreyada «Upbit» birjasining egasi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»