AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 530 million AQSh dollarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan 13 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi.
Mamlakat adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur kiberjinoiy tashkilotga 2010 yilda Ukrainada asos solingan. Xakerlar internet tizimi orqali tuzilgan jinoiy tizim bo‘yicha faoliyat yuritgan. Jumladan, mol-mulkni yirik miqdorda o‘zlashtirish, debet(kirim) va kredit bank kartalari kalit raqamlarini buzish, shaxsiy, bank va moliyaviy ma’lumotlar, personal identifikatsiya axborotlarini sotish hamda tarqatish bilan shug‘ullangan.
O‘z navbatida, jinoyatchilar zararli dasturiy ta’minot mahsulotlarini yoygan, kontrabanda faoliyatini olib borgan. Umuman olganda, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Serbiya, AQSh, Fransiya kabi davlatlar fuqarolaridan iborat 13 kishi ushlangan bo‘lsa, yana 36 kishiga nisbatan sirtdan hukm chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi