23:38 / 09.02.2018
9 054

Aholi soni kamayib borayotgan mamlakatlar o‘nligi

Aholi soni kamayib borayotgan mamlakatlar o‘nligi
BMTning navbatdagi hisoboti 2017 yildagi sayyoradagi demografik vaziyat va kelajakka oid prognozlarga bag‘ishlandi. Aholi soni o‘sishi hozirgi 7,6 milliard kishidan 2030 yilga kelib 8,6 milliardga, 2100 yilga kelib 11,2 milliard kishiga yetishi ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo.

Bunda Yer aholisining yarmiga yaqini atigi to‘qqizta mamlakat: Hindiston, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya Birlashgan Respublikasi, AQSh, Uganda va Indoneziyada to‘planadi.

Qolgan davlatlarda hozirdanoq aholi sonining kamayishi kuzatilmoqda va bu vaqt o‘tishi bilan davom etadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan davlatlardan tezroq Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘shab qolmoqda:

- Bolgariya: 2017 yilda 7,08 million kishi, 2050 yilda 5,42 million, 23 foizga pasayish;
- Latviya: 1,95 million/ 1,52 million/ -22 foiz;

- Moldaviya: 4,05 million/ 3,29 million/ -19 foiz;
- Ukraina: 44,22 million/ 36,42 million/ -18 foiz;

- Xorvatiya: 4,19 million/ 3,46 million/ -17 foiz;
- Litva: 2,89 million/ 2,41 million/ -17 foiz;

- Ruminiya: 19,68 million/ 16,40 million/ -17 foiz;
- Serbiya: 8,79 million/ 7,45 million/ -15 foiz;

- Polsha: 38,17 million/ 32,39 million/ -15 foiz;
- Vengriya: 9,72 million/ 8,28 million/ -15 foiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aholi soni kamayib borayotgan mamlakatlar o‘nligi