
Turkiyaning qidiruv-qutqaruv suv osti kemasi dengiz tubida 65 yil avval falokatga uchragan yo‘lovchi samolyotini topdi. Topilgan samolyot motoridan tashqari deyarli shikastlanmagan.
Voqea 65 yil avval Turkiyaning Qizilada oroli yaqinida yuz bergan. Falokatga Air France aviakompaniyasining Parijdan Tehronga tungi reys amalga oshirayotgan samolyoti uchragan.
O‘shanda 32 yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi omon qolgan, 4 kishi halok bo‘lgan. Samolyot sardori texnik nosozlik sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘lgan. Sardorga zulmat tunda hozirda ham faloiyat yuritadigan mayoqning chiroqlari mo‘ljal bo‘lib xizmat qilgan. Qizig‘i, yo‘lovchilarning hayotini saqlab qolgan mayoq fransuz arxitektori tomondan qurilgan bo‘lgan.
Suv osti kemasi samolyotni zamonaviy qurilmalar yordamida 250 metrga yaqin chuqurlikda aniqlagan. Ta’kidlanishicha, ushbu qurilmalar 3000 metrgacha chuqurlikdagi ob’ektlarni aniqlay oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar