Xitoylik harbiylar 2500 yil avval buyuk sarkarda Sun Szi tomonidan bayon qilingan harbiy strategiyani o‘zlashtirishmoqda. Bu strategiya negizida “urushni jangda ishtirok etmasdan yutish” tamoyili yotadi. Bu haqda RAND Corporation tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda AQShning National Interest nashri xabar berganligini Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Tadqiqot mualliflarining yozishicha, Xitoy AQSh bilan to‘qnash keladigan bo‘lsa, uning quruqlikda ham, havo va dengizda ham yuqori aniqlikdagi qurolini ishlata olmasligi uchun barcha ishni amalga oshiradi.
Xitoy qurolli kuchlari harbiylari asosiy urg‘uni AQShning ma’lumotlarni qayta ishlash va qo‘mondonlikning buyruqlarini uzatish tizimlarini ishdan chiqarishga qaratadilar. Buning oqibatida aviatsiya, armiya va flot harakatlari betartib bo‘ladi va muvaffaqiyatga olib kelmaydi. Xitoy armiyasi axboriy ta’sir usullari qo‘llash bilan raqibni jang maydonidan “siqib chiqarishi” mumkin.
Mualliflarning fikricha, bunday taktikani amerikaliklar 1991 yilda Iroqqa qarshi “Cho‘ldagi bo‘ron” amaliyoti vaqtida qo‘llashgan. Endi esa bu usulni Xitoy armiyasi o‘zlashtirib olgan.
AQShning fikricha, Xitoyning amaldagi tashqi siyosatini tinchlikparvar deb atab bo‘lmaydi, u yangi usullar bilan global yetakchilikka erishishga qaratilgan.
Yanvar oxirida Xitoyda yangi qurol turlarini yaratish uchun sun’iy ong va kvant texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 120 olim tanlab olingan. Shu tariqa Xitoy armiyasi tez orada AQShdan harbiy ustunlkikka erishmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi