10:25 / 12.02.2018
5 592

G‘arb olimlari insoniyatni halokatga yo‘liqtiradigan jarayon haqida xabar berishdi

G‘arb olimlari insoniyatni halokatga yo‘liqtiradigan jarayon haqida xabar berishdi
Shu haqda o‘tgan asrning 80- yillarida yapon olimi Atsumu Oomura bashorat qilgandi. U aytib o‘tgandiki, yaqin yillarda odamzod quyosh nuri yetishmayotganini his eta boshlaydi. Shu narsa yer yuzidagi jonzotlar uchun haddan ziyod fojia hisoblanadi. O‘shanda yapon olimining gapiga hech kim e’tibor qilmagan.

Lekin o‘n yilliklardan so‘ng Irlandiya va Yaponiyada quyosh nuri darajasi kamayib ketayotgani aniqlandi. 2017 yil dekabri esa Belgiya meteorologiya qirollik instituti ma’lumotiga ko‘ra, eng qorong‘i oy deya baholandi. Bir oy davomida har kuni odamlar asosan quyosh nurisiz hayot kechirgan. Quyosh har kuni atigi 10 soatgina mamnun qilgan xolos. Xuddi shunday holat mamlakatda oxirgi bor 150 yil avval ko‘zga tashlangan ekan.

Qolaversa, Rossiyada ham 2017 yil dekabri deyarli quyosh nurisiz kechgan. Fransiyaliklar dekabrning birinchi yarmida har kuni atigi 2, 5 soatdan quyosh nuriga to‘yinishgan.

Quyosh nurining yetishmasligi o‘rta va keksa yoshdagilar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning aksariyati depressiyaga uchraydi, organizmida doimiy charchoq, uyqu kelishi, ovqatni keragidan ortiq iste’mol qilish, shakar hamda yog‘ni ko‘proq istemol qilishga bo‘lgan qat’iy talablar paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, quyosh nuri yetarli darajani tashkil etsa, arterial qon bosimi me’yorida bo‘ladi. Yurak faoliyati birmuncha yaxshilanadi. Ortiqcha vazn ortga chekinadi. Ayniqsa, yosh bolalar organizmida ortiqcha yog‘lar hosil bo‘lganda, quyoshli vanna muolajasi juda yaxshi yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb olimlari insoniyatni halokatga yo‘liqtiradigan jarayon haqida xabar berishdi