4 894
Shahzoda Garri va Megan Markl unashtiruvdan so‘ng Vindzor bo‘ylab karetada qisqa sayohatga chiqadi
Qirolicha Yelizaveta II ning nabirasi shahzoda Garri va uning qallig‘i amerikalik aktrisa hamda fotomodel Megan Markl 19 may kuni unashtiruv marosimidan so‘ng qirollik saroyi joylashgan Vindzor shaharchasi bo‘ylab karetada parad yurishini amalga oshiradi, deb yozdi Darakchi nashri Kensington saroyi matbuot xizmati havolasiga tayangan holda.
To‘y marosimining halqa shaklidagi yo‘nalishi dastlab Vindzor saroyidan shaharning bir nechta markaziy shaharchalari orqali o‘tadi. U yerda kelin-kuyovni minglab mahalliy aholi va sayyohlar tabriklashi mumkin. Shundan so‘ng kareta Vindzor bog‘i — Long-uokning bosh xiyoboniga chiqadi va u orqali saroyga qaytadi.
Garri va Megan bu qisqa sayohat ko‘p sonli odamlarga Vindzorda to‘planish va bu o‘ziga xos kun muhitidan bahramand bo‘lish imkonini berishiga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi