
Vashington Shimoliy Koreyaga bosimni davom ettiradi, ammo muzokaralar o‘tkazishga ham tayyor. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma’lum qildi.
«Biz yuqori bosimni davom ettiramiz, ammo muzokaralarga ham doimo tayyormiz», — deya ta’kidlagan Pens «Washington Post»ga bergan intervyusida. Undan: «KXDR sanksiyalardan qutulishi uchun qanday talablar bajarishi lozim?» — deya so‘rashganida: «Aniq bilmayman. Buning uchun muzokaralar o‘tkazish zarur», — deya ta’kidlagan.
AQSh har doim KXDR o‘z yadroviy va raketa dasturlarini to‘xtatishi kerakligini, shundan so‘nggina muzokaralarga o‘rin berilishi mumkinligini aytib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar