14:30 / 14.02.2018
4 190

Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi trassada avtobus buzilib qolishi natijasida viloyat markazigacha yetib borolmagan 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi Darakchi.uz.

Rossiyaga ketayotgan avtobus Dostik qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.
Mahalliy politsiyachilar yo‘lovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan ta’minlanishdi.

Buzilib qolgan transport vositasi Pavlodarga olib ketilgan.
Yo‘lovchilar esa boshqa avtobusda Rossiya chegarasigacha olib borib qo‘yilgan. Chegarada esa migrantlar Rossiya avtobusiga o‘tkazilgan.

Bu o‘tgan ikki oy ichida Qozog‘iston hududida migrantlar mingan avtobuslar bilan sodir bo‘lgan uchinchi holatdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi