
Bir kuni makkalik kishi Masjidul Haromda ishlayotgan farroshga sadaqa qilmoqchi bo‘ldi. Ammo farrosh uni hayratga solib, sadaqa olishga ehtiyoji yo‘qligini tushuntirdi va bunga isbot tariqasida pul to‘la hamyoni-yu, bank kartalarini ko‘rsatdi.
Buni ko‘rgan makkalik undan “Nima uchun bu yerdasiz?”, - deya so‘radi.
Farroshning javobi quyidagicha bo‘ldi: “Meni Hindistonning turli shaharlarida o‘z mehmonxonalarim bor. Vaqti-vaqti bilan bu yerga kelib ishlayman. Niyatim qilayotgan ishlarimga haq olish emas, balki Alloh yo‘lida chin dildan xizmat qilishdir”.
Milliarder farroshning so‘zlaridan hayratlangan makkalik u haqida boshqa ishchilardan ham so‘radi. Javob quyidagicha bo‘ldi: “Bu ishchi hindistonlik milliarder. Har yili olti oy davomida bu yerda tekinga ishlaydi”.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar