15:20 / 19.02.2018
5 144

"Feysbuk" qurboniga aylangan misrlik qizning ayanchli xotimasi...

"Фейсбук" қурбонига айланган мисрлик қизнинг аянчли хотимаси...
Feysbuk orqali yosh yigit bilan tanishib qolgan qiz kunlar o‘tib u yigitga ko‘ngil qo‘yadi. Yigit qizga yaqinroq munosabatda bo‘lish uchun o‘zini Arab davlatlaridan birida yashashini aytib qizning ishonchiga kira boshlaydi. Ularning aloqalari mustahkamlangach (ya’ni qiz yigitga batamom ko‘ngil qo‘ygach) yigit qizga bor haqiqatni, ya’ni u hech qanday Arab davlatlarida yashamasligini, musulmon ham emasligini va u qizga hoziroq uylanish uchun musulmon dinini qabul etishga tayyor turganini aytadi…

Avval yigit qizga chet el valyutasida 1000$ yuborib undan qon, yurak, jigar va boshqa a’zolari tahlillarini yuborishini so‘raydi.
Qiz unga javoban «qon tahlillarini o‘zi kifoya», deb aytadi.
Yigit javobga qoniqmay «ko‘nglimiz xotirjam bo‘lishi uchun, keyinchalik hayotimiz farovonlikda o‘tishi uchun ham imkon qadar barcha natijalarni yuborganing afzal», deb qizni har xil gap so‘zlari bilan ko‘ndiradi. Soddadil qiz uning gap so‘zlariga ishonib, barcha natijalarni yigitga jo‘natadi. So‘ngra yigit qizni har xil shubhalardan yiroq etish uchun unga yana 3000$ pul yuboradi hamda «Men nikoh hujjatlarini va safarga chiqishing uchun kerakli hamma qog‘ozlarni tayyorlashim uchun tez kunda Misrga yetib boraman», deb qizni xursand qiladi.

Aytganidek ko‘p ham o‘tmay yigit Kohiraga yetib keladi. U o‘zi barcha hujjatlarni tez orada o‘z poyoniga yetkazib, qizni o‘zi bilan o‘zga yurtga olib ketishi bilan fojia yuz beradi. Sababi qiz safarga ketishi bilanoq izsiz g‘oyib bo‘lgan edi. U bilan barcha aloqalar tamoman uzilgan. Qizning oila-a’zolari esa xavotirga tushib, militsiyaga qizlari izsiz g‘oyib bo‘lganligi haqida xabar beradilar.
Oradan bir hafta o‘tgach militsiya xodimlari qizning oila-a’zolariga qo‘ng‘irog‘ qilib, qizning jasadi topilganligi hakida xabar beradilar!

Qizning jasadi parcha-parcha etib kesib tashlab ketilgan edi. Uning jasadi barcha a’zolardan ya’ni buyrak, yurak va jigardan xoli edi.
So‘rovlardan so‘ng bu yigitning odam a’zolarini sotish bo‘yicha xalqaro tashkilotga tegishli jinoiy shaxs ekanligi aniqlandi.

Tekshiruvlar va tahlil natijalarini so‘raganini o‘zidayoq aql yuritishi kerak emasmidi?! Bu ma’lumotlarning bari qurbonlikka yetaklayotganligi axir yaqqol ko‘rinib turgan edi-ku. Uning barcha a’zolari turli kasalliklardan sog‘lom ekanligini bilishi bilan quvonganligi, qon turini aniqlashtirmoqchi bo‘lganligi, hattoki a’zolar olinishi uchun ko‘nglini xotirjam etayotganligi gap so‘zlaridan yaqqol sezilib turgan edi-ku!

Ey aql idrok egalari, ogoh bo‘lingiz!
Farzandlaringizga internetdan noto‘g‘ri foydalanishi tufayli qanday musibatlarga yetaklashi mumkinligi haqida xabar bering.
Ummu Mustafo

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Feysbuk" qurboniga aylangan misrlik qizning ayanchli xotimasi...