
4 mart kuni Qirg‘izistonning Ala-Too maydonida Oq qalpoq kuni munosabati bilan festival tashkil etiladi. Mazkur tadbirda Ginnes rekordlar kitobiga kirish maqsadida 1000 kilogramm og‘irlikdagi beshbarmoq tayyorlash rejalashtirilgan.
Qirg‘izlarning mazkur milliy taomini pishirishda ushbu davlatdagi barcha elat vakillari qatnashadi.
“Xalq so‘zi” nashrining yozishicha, festivalda, shuningdek, milliy libos kiygan ikki yuz kishilik tantanali namoyish o‘tkaziladi.
Tadbirga mamlakat bosh vaziri, Jogorku Kenesh spikeri, Bishkek shahri meri hamda elchilar kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham oshpazlarimiz sakkiz tonnadan og‘ir tosh bosadigan palov tayyorlab, Ginnes rekordlar kitobidan joy olgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar