
Braziliyaning Santa-Katarina shtatida guvohlar yo‘l chetida turgan avtomobilning antiqa harakatlarini videoga olishdi. Ikki tomonidan “siquvga olingan” mashina yo‘lning qatnov qismiga chiqib olish uchun orqa g‘ildiraklarini ko‘tarib, yon tomonga surilgan.
Rolikka qoldirilgan izohda u Bombinyas munitsipalitetida 10 fevralda tasvirga olingani aytilgan.
Foydalanuvchilar mashina unga bunday vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi maxsus mexanizm bilan jihozlangan, degan fikrga kelishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar