20:41 / 22.02.2018
4 500

Eronlik ayol stadionga kirish uchun erkak qiyofasiga kirdi (foto)

Eronlik ayol stadionga kirish uchun erkak qiyofasiga kirdi (foto)
Eronlik Zahro Hushnavoz futbol o‘yiniga tushish uchun ko‘rinishini jiddiy o‘zgartirib, erkak kishi qiyofasiga kirdi, deb yozadi Kun nashri.

Uni ayol bo‘lgani uchun sevimli futbol jamoasi bo‘lmish “Persepolis”ning o‘yinlariga kiritishmaydi. Shu sabab u erkak qiyofasiga kirishga majbur bo‘ladi. Zahro sevimli jamoasiga muxlislik qilish uchun sochini kestirib, yasama soqol qo‘ydiradi.

“O‘tgan yili Tehronda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng o‘zimdan so‘radim: «Nega endi orzularimni ro‘yobga chiqarmasdan o‘lib ketishim kerak? Nega biz ayollar stadionga bora olmaymiz?”, deydi u.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning gender tengligini amalga oshirish borasidagi va’dalariga qaramasdan mamlakatda xotin-qizlar huquqlari poymol etilmoqda. Taomilga ko‘ra, Eronda ayollar faqatgina ayollar futboliga ishqibozlik qilishlari mumkin. Hushnavoz grimda ikkita o‘yinni tribunadan turib kuzatdi va bu unga bir qancha muammolarni keltirishiga qaramasdan u shu tariqa davom etmoqchi.

“Persepolis” futbol klubi bosh murabbiyi uning harakati xavfli ekani va u buni takrorlamasligi kerakligini aytadi.

Zahro avvaliga stadionga kirishga qiynalgan. Futbol klubi u haqida bilishi uchun ijtimoiy tarmoqlarga suratini joylashtirgan. Endi esa har gal o‘yin payti “Persepolis” Zahro kelishini kutadi.


Qayd etish kerakki, bir necha yillardan buyon Eronda tengsizlikka qarshi kurash ketmoqda. Hushnavozning aytishicha, mamlakatdagi ayollar stadionlar barcha uchun ochiq bo‘lishini istaydi. U shuningdek, aholining xohish-istagini rad etish kelajakda katta muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik ayol stadionga kirish uchun erkak qiyofasiga kirdi (foto)