19:22 / 23.02.2018
7 996

Bir tanada 2 yurak: Hindistonlik erkak “ikkita yurak” bilan yashay boshladi

Бир танада 2 юрак: Ҳиндистонлик эркак "иккита юрак" билан яшай бошлади
Hindistonning Haydarobod shahridagi shifoxonalardan biriga 56 yoshli erkak o‘tkir yurak yetishmovchiligi xuruji bilan olib kelindi. Uning ahvoli shu darajada og‘ir ediki, yashab ketishiga hatto umid ham qolmagandi.

Shunday bo‘lsa-da jarrohlar uning hayotini saqlab qolish uchun yurakni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha tezkor jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bunday qaltis paytda bemorga to‘g‘ri keladigan donor organ miya o‘limi fakti tasdiqlangan 17 yoshli o‘smirga tegishli edi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.

Operatsiya paytining o‘zidayoq shifokorlar donor yurak bemornikiga qaraganda ancha kichik ekanligini aniqlashdi. O‘sha paytda erkak kishining ahvoli nihoyatda og‘ir va kattaligi jihatdan mos boshqa donor organ yo‘q edi. Shunda xirurglar bemor yuragini olib tashlashdek tavakkal ishga qo‘l urmadi. Balki yurakni geterotopik ko‘chirish amaliyoti bajarildi. Ya’ni o‘smirning mitti yuragi bemor ko‘krak qafasining chap o‘pka va yuragi oralig‘iga qo‘yildi. Ikki organ bir-biri bilan biriktirilganda, ular organizmda qon aylanishini qo‘llab-quvvatlab, birgalikda ura boshladi.

Operatsiya yetti soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, yurakning geterotopik transplantatsiyasi yoki “qo‘sh yurak” amaliyoti juda kamyob hodisa hisoblanadi. Davolovchi vrach Krishna Gokxalning aytishicha, bunday murakkab operatsiyalar hozirgacha dunyo bo‘yicha bor-yo‘g‘i 150 marotaba amalga oshirilgan.

Ikki yurak egasining ahvoli asta-sekin yaxshilanayapti. Biroq shifokorlar yangi xavf vujudga kelishidan xavotirga tushishayotganini ham aytib o‘tishgan. Sababi agar shunday tahdid yuzaga kelsa, bu muammo qaysi yurakda paydo bo‘lganini aniqlash qiyin kechadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir tanada 2 yurak: Hindistonlik erkak “ikkita yurak” bilan yashay boshladi