AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatga kelayotgan muhojirlarni odam qo‘yniga kirib olgan ilon bilan solishtirdi va unga “ishlaydigan hamda Amerikani yaxshi ko‘radigan” odamlar kerak ekanini ma’lum qildi.
Juma kuni Tramp Vashingtonda konservatorlarning har yillik anjumanida ishtirok etdi. Prezident muhojirlik mavzusiga to‘xtalib, “keladigan va ishlaydigan, bizni sevadigan, xavfsizlik hamda birdamlikni istaydigan odamlarni yaxshi ko‘rishi va xohlashini” bildirdi.
“Meni shuni istaymanki, bu mamlakatga buyuk odamlar kelishi kerak, ular hozirdagi kabi kelishini xohlamayman, men mamlakat rivojiga hissa qo‘shadigan odamlarni istayman”, - deya ma’lum qildi Tramp.
U amerikaliklar noqonuniy migrantlar tomonidan amalga oshiriluvchi jinoyatlar qurboniga aylanganiga doir qator misollarni keltirdi. Shundan so‘ng prezident cho‘ntagidan qog‘oz chiqardi va zalga murojaat qildi: “Bu ”ilon“ deyiladi, hamda buni muhojirlik mavzusiga ulab ko‘ring”.
U tomonidan aytib berilgan she’r ko‘chada muzlab qolgan ilonni topib qolgan “yaxshi ayol” haqida bo‘lgan. “Meni o‘zing bilan olib ket, ey yaxshi ayol!”, - deya o‘qib bergan AQSH prezidenti. Ayol ilonni qo‘ynida isitib, asal va sut bilan oziqlantirgan, biroq keyin u ayolni chaqib olgan. “Ilon rahmat aytish o‘rniga uni chaqib olgan!”, - degan u.
“Men seni qutqardim! Sen esa meni chaqib olding. Sen zaharlisan, endi men o‘laman”, - deya deyarli baqirib o‘qigan Tramp. “Jim bo‘l, ayol, sen meni o‘zing bilan olib ketayotganingda men ilon ekanimni bilarding!”, - deya she’rni yakunlagan Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi