
Janubiy Afrikada ikkita karkidonning hudud uchun olishuvi videoda qayd qilindi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Voqea Afrikadagi eng qadimiy Xluxluve-Umfolozi qo‘riqxonasida yuz bergan. Videoda ikkita karkidon hudud uchun talashib, tumshug‘idagi shoxini qo‘llagan holda bir-biriga jiddiy jarohatlar yetkazishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.
Videoni suratga olgan gid Tim Braunning aytishicha, karkidonlar o‘rtasida bunday olishuvlar kamdan-kam yuz bersa-da, biroq juda shafqatsiz kechadi. Uning aytishicha, bunday olishuvlar karkidonlar o‘lchami bo‘yicha mos bo‘lsa, halokatli yakunlanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar