
Rossiyaga 2017 yili musulmon davlatlaridan 9,5 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.
Mamlakat islom turizmining eng ommalashgan yo‘nalishlari reytingida 5 punktga ko‘tarildi va unda 130 davlat orasida 44-o‘rinni egalladi. Bu borada Rossiya sayyohlikbobida mashhur bo‘lgan Xitoy, Kanada, Shveysariya, Shvetsiya va Norvegiyani ortda qoldirdi.
Dunyo musulmonlari eng ko‘p islomga e’tiqod qilinadigan mamlakatlar — Malayziya, Indoneziya va boshqa davlatlarga sayohat qilishi ma’lum bo‘ldi.
2020 yilga kelib xorijga chiquvchi islom dini vakillari soni 156 million kishiga yetishi, musulmon turizmi bozori esa 200 milliard dollarni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar