Qozog‘iston parlamenti senatining xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi, Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyeva senat yig‘ilishida rus tilida muloqot qildi. Bundan avvalroq Nursulton Nazarboyev parlament va hukumat davlat tili – qozoq tilida ishlashi kerakligini aytgandi.
Nazarboyeva jurnalistlarga ushbu holat yuzasidan javob berarkan, unga qulay bo‘lgan tilda gaplashganini aytgan.
“Biz barchamiz prezident topshiriqlarini bajarishga harakat qilamiz. Xudoga shukr, hali hech kim rus tilini bekor qilmadi va o‘ylaymanki, bunday bo‘lmaydi. Boshqa odamlarni ham hurmat qilish lozim, shu sababli bu masalada haddan oshirib yubormaslik lozim”, deb aytgan Darig‘a Nazarboyeva.
U shuningdek millatlararo totuvlikni “hech kim bekor qilmaganini” qo‘shimcha qilgan.
“Davlatimiz hududida mavjud, jumladan davlat idoralarida amalda bo‘lgan tillar konstitutsiya tomondan tasdiqlangan”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Nazarboyeva.
Avvalroq Nursulton Nazarboyev lotin alifbosiga o‘tish qozoq xalqi uchun tarixiy muhim ahamiyatga ega ekanligini aytgan. Uning aytishicha, endi qozoq tili mavqeini oshirish vaqti keldi: parlament va hukumat o‘z faoliyatini qozoq tilida olib borishi lozim. Nazarboyev fuqarolarning huquqlarini kamsitmaslik uchun sinxron tarjima imkoniyatini nazarda tutish lozimligini aytgan.
Nazarboyevning bu gaplaridan keyin aksariyat amaldorlar hukumat yig‘ilishida o‘z hisobotlarini qozoq tilida o‘qishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?