To‘rt yoshli Karina Yoqutistondagi Olom qishlog‘ida onasi va buvisi bilan yashaydi. O‘sha kuni u uyda buvisi bilan qolgan, Sharik laqabli iti bilan o‘ynab yurgandi. Buvi uxlab qoldi, uyg‘onganida esa qizcha uyda yo‘q edi. Qizig‘i, kampir bundan xavotirga tushmadi. Qizning onasi ham, buvisi ham uni qo‘shni qishloqda turadigan otasi olib ketganligiga ishonishardi. Ota esa qizi buvisinikida ekanligidan ko‘ngli to‘q edi. Shu tarzda roppa-rosa to‘rt kun qizaloqni izlash fikri hech kimning xayoliga kelmadi. Qo‘shni qishloqdan otasi qizini ko‘rgani kelgandagina uning yo‘qolganligi ma’lum bo‘ldi.
Keyin esa qizni qidirish boshlandi. Qidiruv ishlariga yuzlab kishilar jalb etildi. Ammo hammasi behuda ketdi, o‘t-o‘lanlar baland, tunlari sovuq, buning ustiga atrofda bo‘ri va ayiqlar izg‘ib yuradi. Birdan Karina yo‘qolganining to‘qqizinchi kuni Sharik qishloqqa qaytdi. Aynan u odamlarni qizchaning oldiga boshlab bordi. Yigirma bir yoshli Artyom Borisov Karinani o‘tlar orasidan topdi. Qizchani vertolyotda kasalxonaga olib ketishdi.
– Karina judayam jasur ekan, – dedi qutqaruv xizmati psixologi Yekaterina Alekseyeva. – Biz undan shuncha kun davomida nima yeb, nima ichganini so‘raganimizda, u o‘rmondagi mevalarni terib yeganini va daryodan suv ichganini aytdi.
Karinani qishloqdoshlari “Yoqutiston mauglisi” deb atashmoqda.
Rus tilidan D. ASQAROV tarjimasi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?