
Nyu-York hukumati politsiya hijobni yechishni talab qilgan uch nafar musulmon ayolga 180 ming dollar to‘laydi, deb xabar bermoqda Sof.uz.
Ayollardan biri bilan bog‘liq muammoli vaziyat 2012 yilda yuz bergan edi. O‘shanda musulmon qiz maktabda o‘zi haqida gap tarqatayotgan ikki o‘quvchi qiz bilan janjallashib qolgan. Natijada politsiya janjal ishtirokchilarining barchasini hibsga olgan edi.
Huquq-tartibot organlari xodimlari holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atmadi, biroq ular hibsga olingan qizlarni suratga tushirib oldi. Buning uchun esa politsiyachilar musulmon qizdan hijobini yechishni talab qildi. Qiz esa o‘zining diniy huquq va erkinliklari buzilgani uchun politsiyachilarni sudga berdi.
Qizga sudda Taxani Abushi advokatlik qildi. U 2015—2016 yillarda ham xuddi shunday sud ishlarida ishtirok etdi. Natijada esa advokat himoyasidagi ayollarning har biri 60 ming dollar kompensatsiyaga ega bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar