Amerika politsiyachilari “Lamborghini” bilan poyga qilishdi (video)

Katta yo‘llarda sport mashinasi yonma-yon kelib qolsa “kuch sinashib ko‘rish” istagi aksariyat haydovchilar uchun begona emas. Hatto politsiyachilar uchun ham... “Auto.Onliner” taqdim etgan mana bu rolikka qarang: >>>VIDЕOROLIK
Unda AQSHning Florida shtati yo‘l politsiyasi xodimlari “Dodge Charger” xizmat mashinasida “Lamborghini Aventador” bilan bellashishga urinishgani aks etgan.
Ammo ko‘pchilikning havasini keltirgan bu video politsiya rahbariyatiga yoqmadi — departament ichki tergovni boshlab yubordi.
Mazkur rolik muallifi Deniyel Blek ham politsiyachilarning xatti-harakatini oqlamagan. “Politsiyachilar tezlikni me’yordan sal oshirib yuborgan haydovchilarni to‘xtataverishadi, o‘zlari esa «Lamborghini” bilan quvlashmachoq o‘ynab yurishibdi», — deya ta’kidlagan u.
Manba: Xabar.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unda AQSHning Florida shtati yo‘l politsiyasi xodimlari “Dodge Charger” xizmat mashinasida “Lamborghini Aventador” bilan bellashishga urinishgani aks etgan.
Ammo ko‘pchilikning havasini keltirgan bu video politsiya rahbariyatiga yoqmadi — departament ichki tergovni boshlab yubordi.
Mazkur rolik muallifi Deniyel Blek ham politsiyachilarning xatti-harakatini oqlamagan. “Politsiyachilar tezlikni me’yordan sal oshirib yuborgan haydovchilarni to‘xtataverishadi, o‘zlari esa «Lamborghini” bilan quvlashmachoq o‘ynab yurishibdi», — deya ta’kidlagan u.
Manba: Xabar.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…