
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSHning Viskonsin shtatidagi Miluoki shahri osmonida paydo bo‘lgan “sirli olov”dan dahshatga tushishdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Keyinchalik ular baliqchi qushlar (chayka) ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tungi osmonda harakatlanayotgan noma’lum obyektlarni Fox 6 News telekanalining suratga olish guruhi videoga oldi.
Mazkur ROLIKda kadr ortidan “Bu nima? Sen ham ko‘ryapsanmi?” degan boshlovchining ovozini eshitish mumkin. Ular shahar uzra parvoz qilayotgan yorug‘ nuqtachalarni muhokama etishgan.
Aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini mazkur holat hayratga solgan. Ma’lum bo‘lishicha, osmonda ko‘zga tashlangan yorug‘ nuqtachalar baliqchi qushlar to‘dasi bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.