Mahsulotlar orasida sut, non, tuxum, sabzavot va mevalar ayniqsa tortilib qolgan.
“Emma” to‘foni tufayli mahsulotlar yetkazib berishda qiyinchiliklar tug‘ilayotgani sababli Buyuk Britaniyadagi yirik oziq-ovqat do‘konlari bo‘shab qolmoqda, deya xabar beradi “Qalampir” nashri.
Gazetaning yozishicha, Bristol, Manchester va Plimut shahridagi Lidl, Asda, Tesco va boshqa supermarketlarda mahsulotlari turi kamayib ketgan.
Mahsulotlar orasida sut, non, tuxum, sabzavot va mevalar ayniqsa tortilib qolgan. Savdo tarmoqlari vakillari yo‘llar yaxshilanishi bilan peshtaxtalar mahsulotlar bilan yana to‘lishiga va’da bermoqda.
Buyuk Britaniyaning ko‘plab fuqarolari Twitter da bo‘shab yotgan peshtaxtalarning suratlarini joylashtirgan. Lyuis Veyk ismli foydalanuvchi qiziq holatga e’tibor qaratgan: mahsulotlar taqchilligiga qaramay xaridorlar vetchinali va ananasli pissalarni sotib olmayapti.
Boshqa foydalanuvchi esa bo‘m-bo‘sh peshtaxtalar suratini joylashtirib “Siz buni oxir zamon deb o‘ylaysizmi” degan tvit qoldirgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yetkazib berish ishlari yakshanba kuni ham tiklanmagan. Dushanbadagi vaziyat haqida hozircha xabar berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?