Qrimning Kerch shahri fuqarosi to‘rt yashar qizcha va uning ota-onasini o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi. Marhumlarning jasadlari suv ostidagi avtomobildan topilgan. Bu haqda Xabar nashri “RIA Novosti” bergan ma’lumotga asoslanib xabar bermoqda.
Feodosiya yaqinidagi Orjonikidze shaharchasida istiqomat qilgan bir oila 23 fevral kuni “Chevrolet Lanos” rusumli avtomobilda uylaridan chiqib ketgancha g‘oyib bo‘lgan. Tergovchilar qotillik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochishdi. Yo‘qolgan mashina oradan taxminan ikki hafta o‘tib, qirg‘oqdan o‘n metr uzoqlikda, ikki yarim metr chuqurlikda topilgan. Avtomobil salonida marhumlarning jasadlari ham bo‘lgan.
Ayni paytda hibsga olingan gumondor mashina cho‘ktirilgan joyni o‘zi ko‘rsatgan. Ma’lum bo‘lishicha, qizchaning ota-onasi otib o‘ldirilgan, so‘ngra mashinada qolgan qizcha tiriklayin suvga cho‘ktirib yuborilgan.
Tergov davomida jinoyatning o‘ziga xos sabablari ham aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, yosh oila Kerch shahriga mashina olib sotish uchun kelgan, ularning yonida katta miqdorda pul bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»