AQSH Ukrainadagi inqiloblar oldidan AQSH Rossiyani “qo‘pol va surbetlarcha” aldadi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Amerikalik hamkorlarimiz bizga murojaat qilib, men hozir sizlarga ularning iltimosini so‘zma-so‘z keltirayapman, Yanukovich armiyani ishga solmay turishi uchun bizdan yordam so‘rashdi, toki bu oppozitsiya maydonlar, ma’muriy binolarni bo‘shatib, holatni normallashtirish borasida erishilgan kelishuvlarni bajarishga kirishishi uchun kerak edi. Ular bu borada bor imkoniyatimizni ishga solishimizni iltimos qildi”, — dedi Putin “Jahondagi tartib 2018” filmida jurnalist Vladimir Solovyevga bergan intervyusida.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rozi bo‘lgan, bir kundan keyin esa Ukrainada davlat to‘ntarishi yuz bergan.
“Hech bo‘lmasa telefon qilishmaydimi, hech bo‘lmasa nimadir qilishmaydimi, bir so‘z aytishsa ham mayliga edi. Hech bo‘lmasa aytishmaydimi — bilasizmi, ijrochi ekssessi degan tushuncha bor, — biz buni xohlamagandik, lekin voqealar shunday (rivoj topdi), lekin biz hammasini o‘z joyiga qaytarish uchun bor harakatimizni qilamiz. Bir so‘z ham aytishgani yo‘q, aksincha, davlat to‘ntarishini amalga oshirganlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi”, — dedi Putin.
Rossiya prezidenti Amerika bu to‘ntarishni deyarli o‘z qo‘llari bilan sodir etganini ta’kidlab, u shuning uchun bugungi kunda hozirgi Kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatlashga majburligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya yetakchisi bu voqea amerikalik hamkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan birinchi jiddiy yolg‘on bo‘lganini aytdi. “Shunday qo‘pol va surbetlarcha, birinchi marta. Keling bunday qilamiz, deya haqiqatda hammasini boshqacha qilish holati, va bu borada hatto nimadir deb izoh bermaslik, bunaqasi hali bo‘lmagan”, — qo‘shimcha qildi Putin.
Manba: Sputnik “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi