
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQShning «NBC» telekanaliga bergan intervyusida o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Xabar» nashri «Yeuronews» telekanaliga tayanib.
Unga berilgan savol esa prezident lavozimida ishlash limitining o‘zgartirilishi haqida edi. Intervyu mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan. Uning to‘liq versiyasi 9 mart kuni efirga uzatildi.
Jurnalist Megan Kellining Aleksey Navalniyni avf etish va o‘zi uchun munosib raqib sifatida saylovga qaytarish haqidagi savoliga u quyidagicha javob berdi: «Biz hozir aniq siyosiy kuchlar haqida gapirmoqdamiz. Ularda mamlakatni rivojlantirish dasturi yo‘q». Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani rivojlantirish uchun muammolarni ochib tashlashning o‘zi kamlik qiladi, mamlakatga yaratuvchanlik kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar