01:05 / 12.03.2018
5 227

Putin o‘zi bo‘lgan vertolyot Chechenistonda o‘qqa tutilganini esladi

Putin o‘zi bo‘lgan vertolyot Chechenistonda o‘qqa tutilganini esladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vertolyoti uning Chechenistonga 1999 yil 31 dekabr va 2000 yil 1 yanvardagi safari vaqtida, u hali Rossiya prezidenti vazifasini bajarayotgan vaqtda o‘qqa tutilgan. Bu haqda Andrey Kondrashovning “Putin” deb nomlangan telefilmida so‘zlangan.

Putinning aytishicha, voqea 1 yanvarga o‘tar kechasi, u Chechenistonning Gudermesiga harbiylarni Yangi yil bilan tabriklagani va ularga mukofotlar topshirgani borganda yuz bergan. O‘shanda maxsus bort yomon ob-havo sababli qo‘na olmasligi ma’lum qilingan, biroq buning asl sababi vertolyotning o‘qqa tutilishi bo‘lgan.

“Men bo‘lsam, buni salyut deb o‘ylaganman, chunki Yangi yil edi. Uchuvchilar bo‘lsa “Qanaqa salyut? Biz o‘qqa tutilmoqdamiz” deb aytishgan”, deb eslagan Putin o‘sha voqealarni filmga bergan intervyusida.

O‘z navbatida, “Rosneft” rahbari, 1999-2008 yillarda Rossiya prezidenti ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallagan Igor Sechinning filmda ma’lum qilishicha, Putin o‘shanda belgilangan joyga mashinalarda borish zaxira variantini tayyorlashga buyruq bergan. Sechinning aytishicha, yo‘llar minalashtirilgan bo‘lgan va “ortga qaytishda fugas portlagan”. “Baxtli tasodif hech kim jabrlanmagan va bu haqda gapirib ham o‘tirmagandik”, deb eslagan voqealarni Sechin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘zi bo‘lgan vertolyot Chechenistonda o‘qqa tutilganini esladi