8 990
1,5 tonnalik beshbarmoq va 117 metrlik qazi Ginnes rekordlari kitobiga kirishi mumkin (foto, video)
Bishkekda tayyorlangan bir yarim tonnalik beshbarmoq va 117 metrlik chuchuk Ginnes rekordlari kitobiga kirishi mumkin.
Tashkilotchilar ulkan taomni Bishkekning markaziy maydonida tayyorlamoqchi bo‘lishdi. Biroq hokimiyat vakillari tomonidan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish va sanitariya qoidalari buzilmasligi uchun markaziy maydonda bu tadbirni amalga oshirishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Darakchi nashri xabar qildi.
Shu bois Beshbarmoq "Ayu grand" savdo markazi hududida tayyorlandi.
Ulkan taom tayyorlash uchun 9 bosh ot go‘shti kerak bo‘ldi. Oshpazlar go‘shtni bir kun avval Ginnes rekordlari kitobi vakillari kuzatuvi ostida pishirishni boshlashdi.
Beshbarmoq 650 kg mayda to‘g‘ralgan go‘sht va 700 kg xamirdan tayyorlandi. Taom tayyorlashda 40 ta oshpaz va 30 ta yordamchilar mehnat qildi.
Tayyor taomning vazni 1 464 kiloni tashkil qildi. Mazkur beshbarmoqning tayyorlanish jarayonini quyidagi >>>HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. Tayyor bo‘lgan beshbarmoq mehmonlar va muhtojlarga tarqatildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin